Bugun, 22-dekabr kuni xalq deputatlari Norin tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimining o’rinbosarlari, sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar raislari, jamoatchilik faollari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Norin tumanida ishsizlikka barham berish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligiga innovasiyalarni tadbiq etish, ijtimoiy sohaga e’tiborni kuchaytirish zarurligi haqida ta’kidlandi.

Shuningdek, sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlash bilan bog’liq tashkiliy masala ko’rildi.

Sessiyada viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, tumanning sobiq hokimi Dilmurod Qodirov Kosonsoy tumaniga hokim lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tuman hokimligiga yangi rahbar nomzodini tanishtirdi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov tomonidan taqdim etilgan Jo’rabek Xamidovich Nurmatov nomzodi Norin tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo’llab-quvvatlandi.

Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jo’rabek Xamidovich Nurmatov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yo’l xaritasini tuman kengashida taqdimot qildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Jo’rabek Xamidovich Nurmatov tuman hokimi etib tasdiqlandi.