AQShdagi Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazi olimlari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Ularning ta’kidlashicha, u virusning barcha shtammlariga qarshi ta’sir qiladi.

Foto: Google

Spike Ferritin Nanoparticle yoki SpFN vaksinasi jonivorlarda sinovdan o‘tkazilgan va ijobiy natija qayd etilgan.

Bundan tashqari, vaksinaning odamlarda o‘tkazilgan birinchi bosqich klinik sinovlari chog‘ida u “omikron” va boshqa shtammlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Yangi vaksina ikkinchi va uchinchi bosqich klinik sinovlardan o‘tkazilishi lozim.

Eslatib o’tamiz, avvalroq oʻzbek-xitoy vaksinasi “omikron”dan himoya qilishi ma’lum bo’lgani haqida xabar berilgandi.