Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo’yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.B. va M.X.lar, fuqaro M.ning O‘sh davlat universitetidagi o‘qishini tanishlari yordamida Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.