Yaponiya “omiron” koronavirus shtammi tufayli mamlakatga keluvchilar uchun sayohat cheklovlarini uzaytirishga qaror qildi.

Yaponiya hukumati “omiron” koronavirus shtammi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat munosabati bilan avval kiritilgan kirish cheklovlarini vaqtincha uzaytirishga qaror qildi, dedi Bosh vazir Fumio Kisida matbuot anjumanida.

“Yangi yil arafasida va yangi yil bayramlarida vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish niyatidamiz va joriy qilingan chora-tadbirlarni bir muddatga uzaytiramiz”, dedi u.

Avvalgi cheklovlar joriy yil oxirigacha qo’llanilishi etilishi taxmin qilingan edi.

Bundan tashqari, Yaponiya hukumati rahbarining soʻzlariga koʻra, omiron shtammi mavjudligi va yuqishi mumkin boʻlgan yoʻllarini erta aniqlash maqsadida mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan barcha holatlar tekshiriladi.

Hozirga kelib “Omikron” shtammi qayd etilgan mamlakatlar soni 89 taga yetdi.

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Yapon olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, “delta”ga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qilgan.