Orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati yuzaga kelgani bois, “UzAuto Motors” 2021-yil 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qildi.

Foto: Uzreport

Qayd etilishicha, “UzAuto Motors” bosh direktori Bo Andersson kompaniyaga kelganidan buyon sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishni e’lon qilgan.

“Chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.

Barcha ishlar “UzAuto Motors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Avtomobillari chaqirib olish dasturiga to‘g‘ri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “UzAuto Motors” eng xaridorgir avtomobillarga arizalar qabul qilishni to’xtatgani xabar berilgandi.