Hukumat qarori bilan Tohir Alimjonovich Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori etib tayinlandi.

Foto: Google


U 2019-yildan beri agentlik direktori lavozimida ishlab kelayotgan Tolib O‘ljayev Egamberdiyevich o‘rnini egalladi.

Tohir Alimjonovich mazkur tayinlovgacha O‘zaviatsiya agentligining sertifikatlashtirish va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, agentlikning asosiy vazifalari qatoriga havo hududidan xavfsiz foydalanish hamda fuqaro aviatsiyasi va uning ob’ektlarining ishlashini ta’minlash kiradi.