Toshkent viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi xodimi va Toshkent shahridagi MChJning norasmiy egasi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 13,7 gektarlik unumdor yer maydonini 3,4 mln. dollarga sotishga kelishib olgan. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalidagi reportajda aytilgan.

Foto: Skrinshot

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan 500 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, DXXning tezkor tadbirlari davomida Sirdaryo viloyatida ham yer sotish bilan bog‘liq yana 3 ta firibgarlik holati aniqlangan. Bu holatlarda davlat mansabdorlari 70 ming, 19 ming va 14 ming dollarga yer olib berishni va’da qilib, bo‘nak pullarini olayotganda qo‘lga tushishgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo’yicha tergov ishlari olib borilmoqda.