Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “M.Ph.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari O.D. va boshqalar xaridor A.ga “Tropikamed” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 335 dona “Regapen”, 91 dona “Tropikamid” va 17 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.