Foto: Prezident matbuot xizmati

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlanadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Keskin tanqidiy ruhda o‘tishi kutilayotgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi tomonidan yerlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish va elektron ro‘yxatga olish ishlarining borishi, xatlov jarayonida aniqlangan muammolar, yer ajratish va hisobini yuritishdagi korrupsiya holatlari e’tibor markazida bo‘ladi.

Eslatib o’tamiz, kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida baliqchilik sohasini rivojlantirish istiqbollari va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o’tkazilgan edi.