Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, bir fuqaro bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirgan. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Unga tuman tibbiyot birlashmasining foydalanilmayotgan omborxonasini olib berish uchun 10 ming AQSh dollari talab qilishgan. Telekanal xabarida qaysi tuman ekani ochiqlanmagan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ular oldindan 5 ming dollar mablag‘ni olgan paytda ushlangan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Qibray tumanida yerni 3,4 mln. dollarga sotmoqchi bo’lgan mansabdor 500 ming dollar bilan ushlangani haqida xabar bergandik.