Rossiyaning Tomsk shahrida joylashgan “Lenta” savdo markazida sodir boʻldi. Savdo markazidan barcha tashrif buyurganlarni olib chiqishga muvaffaq bo’lishdi.

Dastlabki ma’lumotga koʻra, Tomsk shahridagi “Lenta” savdo markazida sodir boʻlgan yongʻin haqida xabar O’zbekiston vaqti bilan 13.06 da kelib tushgan. Birinchi o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan vaqtda bino tomi ostidan quyuq tutun chiqishga ulgurgan. 200ga yaqin odam evakuatsiya qilingani ma’lum bo’lgan.

“Men Tomskning barcha aholisini ishontirmoqchiman. Darhaqiqat, Lenta yonmoqda, ammo u yerda odamlar yo’q. Biz barcha odamlarni olib chiqishga muvaffaq bo’ldik”, — dedi Tomk gubernatori Sergey Jvachkin.

Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Tomsk tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Nikolay Rodionovga tayanib, yong‘in sodir bo‘lgan joyda tez yordam guruhi navbatchilik qilayotganini, biroq hozircha hech kim tibbiy yordamga muhtoj emasligini ma’lum qilgan.