Rossiyalik siyosatchilarning xorijiy vaksinalarni tan olish zarurligi haqidagi bayonotlariga javoban O’zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov global muammoni faqat xalqaro hamkorlik orqali hal qilish mumkinligini aytgan.

Foto: Sputnik

Noyabr oyi so’nggida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk marotaba COVID-19 vaksinalarining o’zaro tan olinishi nafaqat virus tarqalishiga qarshi samaraliroq kurashish, balki global biznes va turizm faoliyatini qayta tiklashga yordam berishini aytdi.

Butun dunyo hamjamiyatining harakatlarini muvofiqlashtirish orqaligina koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashish mumkin. Men vaksinalar va emlash sertifikatlarining o’zaro tan olinishi, sayyoramizning barcha hududlari uchun emlanish imkoniyatlarinig mavjudligi, koronavirusga qarshi yangi dorilar ustida birgalikda ishlashni nazarda tutyapman“, – dedi Rossiya rahbari Vladimir Putin

Senator Vladimir Jabarov va epidemiolog Gennadiy Onishchenko prezident bilan hamfikrligini bildirshgan. Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikovaning matbuot xizmati vaksinalarni oʻzaro tan olish masalasi allaqachon kun tartibida ekanligini tasdiqladi.

Rossiya birinchilardan bo’lib koronavirusga qarshi vaksinani yaratdi. Uning ortidan 2020-yilda O’zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda preparatni joriy qila boshladi. Hozir respublikada ham O’zbekiston-Xitoy vaksinasi, ham Rossiyaning Sputnik vaksinasi bilan faol emlashmoqda. Xorijiy vaksinaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan tan olinishi ikki davlatda iqtisodiy tiklanish va ishbilarmonlik faolligini tiklash yo’lidagi muhim qadam bo’ladi.

Hozirgi vaziyatni Regnum muxbiriga sharhlar ekan, O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriIbrohim Abdurahmonov quyidagilarni ta’kidlagan.

Vaksinalar va sertifikatlarning o’zaro tan olinishi, aslida, pandemiya hukm surayotgan dunyoda inqirozdan chiqishning yagona muqobil bo’lmagan va maqbul yo’lidir. Hech bir farmasevtika kompaniyasi insoniyatni zarur miqdorda mavjud vaksinalar bilan bir o’zi ta’minlay olmasligi aniq, demak, kelajak xalqaro hamkorlik va sheriklikdadir. Global muammoni faqat global sa’y-harakatlargina hal qilishi mumkin, O’zbekistonning unga nisbatan yondashuvi mutanosib va pragmatikdir. Biz o’zining samaradorligi va xavfsizligini isbotlagan ZF-UZ-VAC2001 preparatini Rossiya siyosiy rahbarlarining yaqin vaqt ichida tan olish zarurligi haqidagi bayonotlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz“, – degan Ibrohim Abdurahmonov O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri.

Eslatib o’tamiz, avvalroq oʻzbek-xitoy vaksinasi “omikron”dan himoya qilishi ma’lum bo’lgandi.