Kecha, 20-dekabr kuni Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang bo‘ronlari va g‘ubor bo‘lishidan ogohlantirgan edi.

Foto: Nasafnews

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati, jumladan Qarshi shahrida chang bo‘ronlari va kuchli shamol kuzatilmoqda. Bu haqda Nasafnews xabar bermoqda.

Ko‘ruvchanlik darajasi pasaygan. 

Shuningdek, kecha “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini haqidagi ma’lumotni taqdim etgandi. Unga ko’ra, bugun 21-dekabr respublika hududining katta qismida ob-havo sharoiti saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga kunduz kuni va janubi-g‘arbiy hududlarga kechga tomon Kavkaz hududlaridan antisiklon kirib kelishi boshlanadi, ushbu hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0-5° iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni 15-18° iliqqacha ko‘tariladi, shimolda 7-12° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.