Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonda yil boshidan buyon 1 mln. tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Foto: Google

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

Avtomobil benzini – 1 mln. tonna;
Ko‘mir – 4639 ming tonna;
Neft – 708,3 ming tonna;
Gaz kondensati – 1200 ming tonna;
Yengil avtomobil – 199 526 dona;
Avtobus – 847 dona;
Yuk avtomobillari – 3632 dona;
Traktor – 213 dona;
Avtomobil dvigatellari – 135 ming dona.

Shuningdek, o’tgan 10 oyda esa 300 mln. litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln. litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:

  • Rossiya – 142,3 mln. litr;
  • Turkmaniston – 136 mln. litr;
  • Qozog‘iston – 16 mln. litr;
  • Iroq – 3,6 mln. litr;
  • Eron – 1,8 mln. litr.