Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qariyb 70 ming tonna banan import qilgan.

Foto: Google

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar:

  • Ekvador – 67,7 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 1,2 ming tonna;
  • Turkiya – 355,7 tonna;
  • Qirg‘iz R. – 296,3 tonna;
  • Rossiya – 58,4 tonna;
  • Ozarbayjon – 21 tonna.

Shunga ko’ra, banan narxlari bir oyda 3,5 %ga, yil boshidan buyon 8,6 %ga arzonlashgan.