Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori  Tedros Adanom Gebreyesus kelasi yilda koronavirus pandemiyasiga barham berilishi mumkinligini aytdi.

Foto: Izvestiya

Bu haqda u tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

“2022-yil pandemiya tugaydigan yil bo‘lishi kerak”, — degan Gebreyesus.

Uning ta’kidlashicha, bunday natija kelasi yilning o‘rtalariga qadar dunyo aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi emlangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni damda virusning “omikron” shtammi dunyoda keng tarqalmoqda. Jumladan, pandemiyaning yirik o‘choqlaridan bo‘lgan AQShda ushbu shtammdan ilk bemor vafot etdi.