“Uzbekistan Airways” talabalar uchun respublika ichidagi reyslarga bayram chegirmalari taqdim etilishi haqida xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi


2021-yilning 28-dekabr kunidan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar talabalar chiptalarni 50 foizli chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Chegirma barcha aviachiptalar uchun faqat ekonom-klass tariflarida amal qiladi va o‘z shahridan uzoqda joylashgan oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi bo‘limda tahsil olayotgan talabalarga taqdim etiladi.

Chegirmali aviachipta olish uchun, yo‘lovchi talabalik guvohnomasi va oliy o‘quv yurti dekanatidan ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.

Avvalroq, “Uzbekistan Airways” Hindistonga aviaqatnovlarni ko‘paytirganini ma’lum qilgandi.