Turkiya koinotga sakkizinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi, deb xabar beradi Anadolu agentli.

Foto: Anadolu

Turkiya Yer atrofida o‘z sun’iy yo‘ldoshlariga ega bo‘lgan dunyoning 30 davlati qatoriga kiradi.

Bugungi kunda Yerning geostatsionar orbitasida Turkiyaning to‘rtta aloqa sun’iy yo‘ldoshi va uchta zondlovchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib, ular: Türksat 3A, Türksat 4A, Türksat 4B va Türksat 5A aloqa sun’iy yo‘ldoshlari va Göktürk-1, Göktürk-2 va RASAT zondlash sun’iy yo‘ldoshlaridir.

Sakkizinchi Türksat 5B sun’iy yo‘ldoshini Space X Falcon 9 tashuvchi raketasi orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan. Sun’iy yo‘ldosh fazoda elektr dvigateli yordamida harakatlanadi.