Bugun, 20-dekabr kuni turk lirasi yana olti foizga tushib ketdi – bir dollar 17,38ga teng bo’ldi.

Foto: Google

Savdo ma’lumotlariga ko’ra, Turk valyutasi tushishda davom etmoqda, u bugun Markaziy bank kursini pasaytirgandan so’ng bir dollar uchun 6 foizga tushib, 17,38 liragacha tushdi.

Turkiya Markaziy banki 17-dekabr kuni chegirma stavkasini 15 foizdan 14 foizga tushirishga qaror qilgan.

O’zbekiston vaqti bilan soat 11:45 holatiga ko‘ra, turk valyutasi bir dollar 16,41 liraga teng bo’lib, oldingi yopilish darajasidan 17,38 liraga tushdi. Yanvar oyida bir dollar uchun 7,4 lira kursi bilan savdo qilgan turk pul birligi yil davomida 55 foizdan ko‘proq arzonlashdi, o‘tgan oyda esa 37 foizga arzonlashgandi.

18-dekabr kuni esa Turk lirasi kursi 9 foizga pasayib, yana bir antirekordga — 1 dollar 17,14 liraga tushdi. Bu holat Turkiya markaziy banki 17-dekabr kuni chegirma stavkasini 15 foizdan 14 foizga tushirishga qaror qilganidan keyin yuz berdi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘an diskont stavkasini pasaytirish tarafdori va bu inflyatsiyaning pasayishiga olib keladi, deb hisoblamoqda. U 2019-yil iyulidan buyon Markaziy bank rahbarini uch marta, 2021-yil noyabridan esa ikki marta – moliya vazirini almashtirgan.

Avvalroq, Turkiyaning asosiy muxolif partiyalari yetakchilari Erdo‘g‘anni iqtisodiy qobiliyatsizlikda ayblab, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirib kelishmoqda. Turkiya rahbari bu taklifni rad etib, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari rejalashtirilganidek 2023-yil iyun oyida bo‘lib o‘tishini aytgan.