“Yangiobod” bozorida, yaroqlilik muddati o’tgan, jumladan, bolalar uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan o’nlab rastalarga e’tibor qaratdi.

“Yangiobod” bozorining barcha hududida ayrim tadbirkorlar tomonidan muddati o’tgan sharbatlar, tomat pastasi, “moloko”, “konserva”, plitkali shokolad, shirinliklar va oziq-ovqat sotiladigan shoxobchalar mavjud. Ushbu shoxobchalarda Turkiya, Rossiya, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlardan import qilingan mahsulotlar sotilmoqda.

Sotuvchilar muddati o’tgan mahsulotlar haqidagi savolga juda ham qo’pol tarzda munosabatda bo’lishmoqda, haqorat qilishmoqda va o’rtada mojaro kelib chiqmoqda.

Savdo nuqtalari esa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining nazaridan chetda qolmoqda. Ayni paytda bozorda videokuzatuv kameralari mavjud. Lekin ular ishlayaptimi yoki yo’qligi noma’lum.