FVV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 20-dekabr kuni soat 07:50da Toshkent shahar Uchtepa tumani Farhod ko‘chasida O‘rikzor-Do‘mbirobod 125-yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Shunga ko‘ra 2ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:00da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.