Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga 2022-yilning 10-yanvarigacha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxt mehmonlariga sifatli hamda qulay transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan joriy yilning 20-dekabr kunidan boshlab, 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar “Do‘stlik metrosi – Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirilgan. 

Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar soat 08:00dan 22:00ga qadar harakatlanadi. Avtobusning harakat jadvallari soni – 6 ta, harakatlanish vaqti esa – 10-11 daqiqa oralig‘ida tashkil etilgan.    

Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatilgan.