Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyni lavozimidan bo‘shatdi.

Foto: Google

Soy ushbu lavozimga 2020-yil 25-iyunda Yeljan Birtanov o‘rniga tayinlangandi. Birtanov o‘shanda koronavirusdan davolangani sababli o‘z lavozimidan olingan. Soy vazirlik lavozimiga tayinlangunga qadar prezident ishlari boshqarmasi tibbiy markaziga rahbarlik qilgan.

Avvalroq To‘qayev “KazAvtoJol” milliy aviakompaniyasi rahbari Ulan Alipovni o‘z lavozimidan bo‘shatdi. Bunga avtomobil yo‘llariga mas’ul milliy kompaniyaning qoniqarsiz ishi sabab bo‘lgan.

Qozog‘iston Prezidentining Matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook’dagi sahifasida To‘qayev “sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyga faol faoliyati, ayniqsa Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashda ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirganini” yozgan.