Ekstremizm Rossiya birdamligiga tahdid soladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizlik organlari xodimlari kuni munosabati bilan yoʻllagan video tabrigida maʼlum qilgan.

Foto: RIA novosti

Putinning soʻzlariga koʻra, mamlakat fuqarolari organ xodimlaridan ekstremizmga qarshi kurashda ham muvaffaqiyatlarni kutishadi.

“Bu Rossiya hamjihatligi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid. Ksenofobiya, ijtimoiy va diniy adovatning har qanday koʻrinishining oldini qatʼiyan olish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning noqonuniy davlatga qarshi faoliyatga jalb qilinishiga yoʻq qoʻymaslik zarur”, degan Putin.

“Zvezda” telekanali saytida eʼlon qilingan videoda Rossiya rahbari 2021-yilning 11 oyi davomida mamlakatda terrorchilikka oid 61 ta, jumladan, 32 ta teraktning oldi olinganini maʼlum qilgan. 11 yil mobaynida esa shunga oʻxshash 200dan ziyod fojianing oldi olingan.