Polsha bo’ylab yakshanba kuni bo’lib o’tgan namoyishlarda AQSh va Yevropa Ittifoqining reaksiyasiga sabab bo’lgan OAV qonun loyihasiga norozilik bildirildi.

Foto: Sputnik

Namoyishchilar Polsha prezidenti Anjey Dudani parlamentda qabul qilingan qonunni rad etishga chaqirdi. Namoyishchilar “Erkin OAV, erkin odamlar” deb yozilgan bannerlarni ko’tarib olishgan.

Yevropa Ittifoqi bu qonunning ommaviy axborot vositalari erkinligini buzganligi sababli bekor qilinishini istashmoqda. Qonun loyihasida xorijiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini cheklash nazarda tutilgan.

Agar qonun loyihasi kuchga kirsa, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlar kompaniyalari Polsha tele va radiokanallarining 49 foizdan ko’prog’iga egalik qila olmaydi.