Markaziy bank 21-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: Google

Ma’lumotga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi +7,05 so‘mga yuqorilab, 10 828,37 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi -69,98 so‘mga pastlab, 12 195,99 so‘m bo‘ldi.

Rossiya rubliga keladigan bo’lsak, yuqoridagi kurslardan qolishmagan holda -1,03 so’mga tushib, 145,82 so’mni tashkil etdi.

Foto: Omma

Eslatib o’tamiz, Markaziy bank oxirgi marta 20-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan edi.