Davlat qabul komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo’yicha to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan abiturientlarga 2021/2022-o’quv yilida o’qish uchun belgilangan to’lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to’lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha to’lovni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o’qishga tavsiya etilmagan abiturientlarga, istisno tariqasida, imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo’lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o’rinlariga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

Ma’lumotga uchun, ayni paytda Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida 11ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, 47ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va 27ta tibbiyot kolleji faoliyat yuritmoqda.