Koronavirusning yangi “omikron” shtammining dastlabki ikkita holati Gruziyada qayd etildi, ular bilan aloqada boʻlgan 26 kishi tekshirilmoqda, dedi mamlakatda Kasalliklarni nazorat qilish milliy markazi rahbari Amiran Gamkrelidze.

“Ikkala bemor ham AQSh va Dubayda bo’lib qaytishgan Gruziya fuqarolari. Ular izolyatsiya qilingan, biz kasallanganlar bilan aloqada bo’lgan 26 kishini tekshirmoqdamiz”, – dedi Gamkrelidze jurnalistlarga.
Gruziya Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan kun davomida mamlakatda COVID-19 infeksiyasining 1296 ta yangi holati qayd etilgan, 45 nafar bemor vafot etgan. Virus tarqalishining epitsentri Tbilisi hisoblanadi. Gruziyada koronavirusning birinchi holati 2020-yilning 26-fevralida aniqlangan edi.