Joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Foto: Google

21-dekabrda respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda:

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.

21-22 dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq bo‘ladi.