Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida qalbaki AQSh dollari bilan savdo qilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum bo‘lishicha, B.A. “Tavois” MFY hududidagi savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, evaziga sotuvchiga qalbaki 100 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, uning yonida yana 12 dona qalbaki 100 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Toshkentdagi bankda salkam 5 ming yevrolik qalbaki tangani almashtirganlarga jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgandi.