Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan 2021-yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emasligi haqida xabar berilgan edi.

Foto: Dunyo

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablariga Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov xati noto‘g‘ri talqin qilingan.

Shuningdek, vazirlik Umumta’lim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Maktablarda pul yig‘imlari hamda ota-onalarning e’tirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shahobchalarida maktab o‘quvchilariga Yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmagan.

“Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabar so’ngida.