Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida baliqchilik sohasini rivojlantirish istiqbollari va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlangani haqida xabar bergan edik.

Foto: Sputnik

Yig’ilishda qayd etilishicha, davlat rahbari kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmi 600 ming tonnaga yetkazilishi shartligini aytib o‘tgan.

Buning uchun:

  • Sharof Rashidov tumani tajribasi asosida kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi;
  • xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi;
  • uyida baliq yetishtiruvchilar uchun «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida kredit miqdori 2 barobarga oshiriladi va kelgusi yilda 400 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
  • baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilib, ular o‘zini o‘zi band qilgan aholi toifasiga o‘tkaziladi;
  • xorijdan mutaxassis olib kelgan baliqchilik klasterlariga xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.