Moderna 2022-yil boshida “omikron”ga qarshi maxsus vaksinani sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi 2022-yil boshida yangi omikron koronavirus shtammiga qarshi maxsus vaksinaning klinik sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda.

“Omikron”ning tarqalish tezligi allaqachon ma’lum. Mavjud mRNK-1273 vaksinasining kuchini hisobga olgan holda, uning kuchaytiruvchi dozasi shtammga qarshi “birinchi himoya chizig’i” bo’lib xizmat qiladi.

Omikron”ning uzoq muddatli tahdidini e’tiborga olib, Moderna ushbu shtamm uchun maxsus vaksina variantini (mRNK-1273.529) ishlab chiqishda davom etadi va 2022-yil boshida klinik sinovlarni boshlashga umid qiladi”, – degan kompaniya.

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Yapon olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, “delta”ga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qilgan.