Farg‘onada amaldorlar va fuqarolar ozishsa 500 ming so‘mdan pul beriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi o‘ttiz sakkizinchi sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ma’lum qildi.

namangan hokimi xayrullo bozorov
Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati


Uning ta’kidicha, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida yangi tartib ishlab chiqilgan. Bu Farg‘ona tajribasi bo‘lib, Respublika miqyosida qo‘llanilishi mumkin.

“Agar bir amaldor 1 kilogrammga ozsa har ozgan kilosiga 500 mingdan oladi. 5 kilogrammga ozsa 2 million 500 ming so‘m oladi degani”, deydi Xayrullo Bozorov.

Buning uchun ular joylardagi poliklinikalarga boradi va ro‘yxatdan o‘tadi. Kun ora og‘irligini o‘lchatib turadi. Ushbu qoida oddiy xalq vakillariga ham qo‘llanilib, ular ham birdek ushbu summalarni oladi.

Viloyatda boshqa sport turlari qatorida futbolni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Buning uchun kelgusi yilda 50 ta futbol klublari tashkil etiladi.

“Aholini keng ko‘lamda madaniy va sport tadbirlariga jalb etish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish masalasiga o‘rgatish kerak”, deydi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov aholiga murojaatida.