Prezident farmoni bilan 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda “Nigoh” xabar berdi.

Foto: Adliya vaziri matbuot kotibi Telegram kanali

Unga ko‘ra,

  • barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3-yanvar — dushanba, 22-mart — seshanba, 23-mart — chorshanba, 11-iyul — dushanba, 2 sentyabr — juma;
  • olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar — seshanba, 4-may — chorshanba, 5-may — payshanba, 12 iyul — seshanba, 3-sentabr — shanba va 31-dekabr — shanba.

Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:

  • 8-yanvar — shanba kunidan 4-yanvar — seshanba kuniga;
  • 7-may — shanba kunidan 4-may — chorshanba kuniga;
  • 14-may — shanba kunidan 5-may — payshanba kuniga;
  • 16-iyul — shanba kunidan 12-iyul — seshanba kuniga.