Xitoyning markaziy qismidagi Xubey provinsiyasida magistral yo‘lning bir qismi qulab tushdi, oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi esa jarohat oldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hodisa kecha, 18-dekabr kuni Echjou shahrida mahalliy vaqt bilan soat 15:36da yuz bergan. Magistral ko‘prikning temir-beton tayanchlarda turgan 500 metrli qismi deyarli 90 gradusga burilib, uning ostidagi yo‘lga qulagan.

Hodisa oqibatida ko‘prikdan uchta yuk mashinasi qulab tushgan, qulash vaqtida ko‘prik ostidan o‘tib ketayotgan bitta yengil avtomobilni bosib qolgan. 

Halokat sabablari hali aniqlanmagan, hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.