Uzbekistan Airways aviakompaniyasi axborot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 24-dekabridan boshlab aviakompaniya Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba – seshanba va juma kunlari jadvalga muvofiq amalga oshiradi.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

Endilikda:

  • HY 421 Toshkent – Dehli (Toshkent vaqti bilan): jo‘nab ketish 02:15, manzilga yetib borish 05:45;
  • HY 422 Dehli – Toshkent (Dehli vaqti bilan): jo‘nab ketish 08:15, Toshkentga yetib kelish 10:45;
  • Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2 mln. 282 ming 850 so‘m (bagajsiz) va 2 mln. 612 ming 459 so‘m (bagaj bilan).

Shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 mln. 922 ming 586 so‘m (bagajsiz) va 4 mln. 435 ming 311 so‘m (bagaj bilan birga).
Narxlar 17-dekabr holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.