Mazkur rahbarga qo‘shilib uning ikki o‘rinbosarlari ham ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi UzNews’ga ma’lum qildi.

Foto: Xalq so’zi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonovning buyrug‘i bilan Toshkent aeroport bojxona posti boshlig‘i Abdullayev Rahim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, Rahim Abdullayev aeroportda 25 yil shlagan.

Shuningdek, Abdullayevning ikki o‘rinbosarlari Sulaymonxo‘jayev va Agzamxo‘jayevlar ham lavozimidan ozod etilgan.