Milliarder Roman Abramovich o‘rta asrlarda bu mamlakatdan chiqarib yuborilgan avlodlari sabab Portugaliya fuqaroligini oldi, deb yozmoqda Forbes.

Foto: RIA Novosti

Roman Abramovich 2021-yil boshida Portugaliya fuqaroligini qo‘lga kiritgan. Abramovichning vakili biznesmenning Portugaliya fuqaroligini olganini tasdiqladi.

Roman Abramovich Rossiya fuqaroligidan tashqari Isroil pasportiga ham ega sanaladi.

“Chelsi” klubi xo‘jayinining 2021-yildagi moliyaviy holati qariyb 14,5 milliard dollar deya baholanmoqda.