Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyatida joylashgan Frunzenskiy tumanida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holati bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, “78 ru” xabar berdi.

Footo; Google

Ma’lum qilinishicha, 18-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat taxminan 22:15da tez yordam xizmatiga hududda joylashgan sabzavot bozorida erkak pichoqlangani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga etib kelgan maxsus xizmat xodimlari 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida chuqur jarohatlar va miya chayqalishi bilan topgan. Yigit og‘ir ahvolda Favqulodda vaziyatlar ilmiy-tekshirish institutining jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, jinoyat sodir etilgan joy videokuzatuv kameralarining qamrab olish hududiga kirmaydi. Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o’tamiz, kecha Moskvada o‘zbekistonlik stomatologni rossiyalik kinoprodyuser pichoqlab o’ldirgani haqida xabar bergandik.