Qishki sovuq kunlarda S va D vitaminga boy mahsulotlar tanani vitaminlar bilan boyitishda samarali yordam beradi. Bu haqda rossiyalik shifokor Alena Stepanova Zvezda telekanaliga bergan intervyusida aytib o’tgan.

Foto: Yandex

Mutaxassis kishilarga kunduzi ko‘proq sayr qilishni tavsiya qilgan, chunki bu kabi sayrlar uyqu gormoni bo‘lgan melatonin ishlab chiqarishga yordam beradi.

Uning fikriga ko‘ra, «ba’zida sovuq va nam ob-havo bo‘lishiga qaramay» tashqariga chiqish kerak. Shifokor qishda inson tanasi uchun zarur bo‘lgan vitaminlarni haqida ham aytib o‘tgan. U C va D vitaminlarini sovuq kunlarda eng samarali deya tavsiya qilgan.

“Kishi o‘zi istagan dori vositasini iste’mol qilishi kerak emas, chunki aks ta’sir mavjud. Har qanday vitaminlarning o‘ziga xos shakllari, dozalari bor”, deya ogohlantirgan mutaxassis.

Qishki sovuqda shifokor diyetaga ham e’tibor qaratishni tavsiya qilgan. Uning fikriga ko‘ra, tort va pishiriqlar bilan ortiqcha iste’mol qilmaslik kerak.