Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida 19-dekabr kuni qor yog‘ayotgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ushbu holatni tasdiqladi.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 228—248-kilometrlari oralig‘ida qor yog‘ishi kuzatilmoqda. YHXBB mazkur yo‘ldan harakatlanib o‘tuvchi haydovchilardan:

  • tezlik me’yoriga rioya qilgan holda;
  • oraliq masofani saqlab;
  • o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ragan.

“Zaruratsiz tungi vaqtda dovon yo‘lida harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz. O‘zingiz va atrofdagilar salomatligini asrang”, — deyiladi xabarda.