Dietolog Svetlana Fus anjirning foydali xususiyatlari bo‘yicha so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, meva vitaminlarga boy, shuningdek, oshqozon-ichak yo‘llariga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: RIA Novosti

Shifokor anjirni organizm uchun foydali ovqat deb atadi, chunki u kletchatkaga boy.

Aynan u ovqat hazm qilish tizimini normallashtiradi, shuningdek, ichaklarda yashovchi bakteriyalar uchun prebiotik — oziq-ovqat sifatida xizmat qiladi. Shifokor ich qotishida ovqat hazm qilishni tiklash uchun anjir iste’mol qilishni maslahat berdi.

“Agar sizda ich qotishi yuzaga kelsa anjir iste’mol qiling. Ammo uning ortiqcha miqdori diareya va meteorizmni keltirib chiqarishi mumkin”, deya ogohlantirdi diyetolog.