FVV axborot xizmati xabariga ko’ra, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Navroʻz” MFYda chaqnash sodir bo’lgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, soat 14:20da Navro‘z mahallasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Lazzat” oshxonasida chaqnash sodir bo‘lgan (voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan).

Chaqnash oqibatida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:23da hodisa joyiga etib borib, 14:29da yong‘in qurshab olingan va soat 14:54da o‘chirilgan. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVV bo‘limi rahbar xodimlari, IIB, prokuratura, tibbiyot, gaz xizmatlari xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki tyergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.