Malayziyaning 21 mingdan ortiq aholisi kuchli suv toshqinlari tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Bernama agentligi xabar berdi.

indoneziya suv toshqini
Foto: O’zA

Mahalliy nashr so’zlariga ko’ra, bu so‘nggi 40 yildagi eng dahshatli suv toshqini deb aytilmoqda. Hozirda mamlakatning yettinchi shtati Perak ofatdan kuchli talofat ko‘rgan.

Malayziya bosh vaziri Ismoil Sabri Yakob jabrlangan hududlar aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun qurolli kuchlar va politsiyaning qo‘shimcha bo‘linmalarini jo‘natishni buyurgan. Operatsiyalarda ishtirok etish uchun jami 66 ming nafardan ortiq qutqaruvchilar, harbiylar va politsiya xodimlari safarbar etilgan.

Milliy xavfsizlik kengashi va hukumat rahbarining soʻzlariga koʻra, Selangor va Kuala-Lumpur shtatida favqulodda holat eʼlon qilish imkoniyatini koʻrib chiqilmoqda.

Payshanba kuni Malayziyaning g‘arbiy qismida toshqinlarga sabab bo‘lgan kuchli yomg‘irlar boshlangandi, bugun esa kuchli shamollar bilan yog‘ingarchilik kuchaydi.