London meri Sodiq Xon koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallanish keskin koʻpaygani sabab shaharda favqulodda holat joriy etilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitterʼdagi sahifasida yozdi.

Foto: AP Photo

“Biz “omikron” bilan kasallanishning avj olishidan oʻta xavotirdamiz – soʻnggi 24 soat ichida biz mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon eng koʻp kasallanishni qayd etdik”, deya tushuntirgan Xon.

Avvalroq, Buyuk Britaniya hukumati bu yangi shtamm tarqalishi ortidan koronavirus cheklovlarini kuchaytirgan edi. Ish beruvchilarga xodimlarini masofaviy ishlash tarziga oʻtkazish tavsiya qilingan, aksariyat yopiq binolarda niqob taqib yurish yana majburiy boʻlgan.

Birinchi marta ayrim ommaviy tadbirlarga va tungi klublarga tashrif buyurish uchun toʻliq emlanganlik toʻgʻrisidagi elektron guvohnomani koʻrsatish talabi joriy etilgan.

Shuningdek, Parijda ham yangi shtamm tufayli Yangi yil bayramlari bekor qilingani xabar berilgan.