Filippinning Bohol viloyati gubernatori Artur Yap bugun yana 63 ta tayfun bilan bog‘liq o‘lim holatlari qayd etilganini, qurbonlar soni esa 112 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Foto: Channel New Asia

Gubernator viloyatning ma’muriy chegaralaridagi hokimlarga favqulodda yordam ishlarini qo‘llab-quvvatlash va odamlarning oziq-ovqat hamda suv kabi shoshilinch ehtiyojlarini qondirishni buyurgan. Shuningdek, o‘limlar soni yana ko‘payishi mumkinligini ham eslatib o‘tgan.

Mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy qismlarini vayron qilgan “Rai” to‘fonidan hozirgacha 780 ming kishi jabr ko‘rgan bo‘lsa, 300 ming kishi evakuatsiya qilingan. Bundan tashqari, tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan kechagi to‘fonda 30 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Eslatib o’tamiz, bugun ertalab to’fon 75 kishining umriga zomin bo’lgani xabar berilgandi.