Filippindagi kuchli “Rai” to‘foni sababli 75 kishi qurboni bo‘ldi, yana 300 ming kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda hukumat ma’lumotlariga tayanib, Channel New Asia xabar bermoqda.

Foto: Channel New Asia

Boxol provinsiyasi gubernatori Artur Yap Facebook’da 49 kishi halok bo‘lgani, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgani, 13 kishi yaralangani haqida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab viloyatlarda aloqa yo‘qligi sababli 48 hokimdan atigi 21 nafari unga hisobot bergan.

Shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan.

Rasmiylar jabrlangan hududlarga harbiylar, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va qirg‘oq qo‘riqlash xodimlarini jo‘natmoqda. Filippin harbiy-dengiz kuchlarining kemasi insonparvarlik yordami bilan orolga yo‘l olgan.