O‘zbekiston florasining noyob vakili Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Fanlar akademiyasi axborot xizmati

Buxoro molusellasi o‘simligi dunyo bo‘yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o‘sishi aytilmoqda.

Ushbu ish o‘zbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil ro‘yxatga kiritilishi bo‘yicha dastlabki natija hisoblanadi.

Yarim asr davomida tur populyasiyasi 79 foizga qisqarib ketgan. Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatdagi umumiy soni 600ga ham yetmaydi.