Bugun, 19-dekabr kuni soat 13:00dan 15:00gacha Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishidan oldin shamolning kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda qisqa muddatga changli bo‘ronlar ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Foto: Daryo

19-dekabr kuni O‘zbekiston hududlarining ba’zi joylarda yomg‘ir va shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishi prognoz qilingan.

Haqiqatda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ertalab va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va shamolning kuchayishi kuzatildi.

Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ba’zi tumanlarda yomg‘ir yog‘ishidan oldin shamolning kuchayishi changli bo‘ronlarning ko‘tarilishiga va ko‘rinuvchanlikni yomonlashishiga olib keldi. Qashqadaryoda ham kuchli shamol chang ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida ham xabar bergan edik.